2024-yil yakuni va kelgusi rejalarga bag'ishlangan tadbir
2024-yilning 27-dekabr kuni "Vagon xo'jaligi boshqarmasi" Qarshi vagon deposida yil yakuni va kelgusi rejalarga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Tadbir davomida korxona rahbari barcha ishchi-xodimlarni kirib kelayotgan 2025-yil bayrami bilan samimiy tabrikladi. 2024-yil davomida samarali mehnat qilgan, jamoat ishlarida faol ishtirok etgan va o'zini har jihatdan yaxshi ko'rsatgan xodimlar esdalik va qimmatbaho sovg'alar bilan rag'batlantirildi. Korxonamiz rivojiga qo‘shgan ko'p yillik hissasi va sadoqatli mehnatlari uchun nafaqaga chiqayotgan xodimlarimiz e'tirof etilib ularga milliy an’analarimiz ramzi sifatida to‘n kiydirildi. Yil davomida bajarilgan ishlar sarhisob qilinib, 2025-yilda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan muhim vazifalar rejalashtirildi.