2025-yil 20-yanvar kuni Qarshi vagon deposi boshlig‘i A.E.Jo'rayev raisligida korxona o'rta bo'g'in rahbarlari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. “Qish mavsumida poyezd avtotormozlarini sog‘lomlashtirish hamda harakat tarkibini kuzatib borishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 492-NZ sonli buyruq ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi va joylarda olib borilgan ishlar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish davomida harakat tarkibini tegishli ishchi-xodimlar tomonidan kuzatib borishni yanada ko‘paytirish va tormoz tizimlarining ishonchli ishlashini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.