DEPO CHEMPIONATI-2025

2025-yilning 1-fevral kuni "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ "Vagon xo‘jaligi boshqarmasi" Qarshi vagon deposida sportning futbol turi bo‘yicha "DEPO CHEMPIONATI-2025" musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur turnir ishchi-xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash hamda sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etildi. Musobaqada korxona bo‘lim va boʻlinmalaridan tuzilgan jamoalar ishtirok etib, g‘alaba uchun qizg‘in kurash olib bordilar. Bellashuvlar yakuniga ko‘ra, 🥇 - Kengsoy jamoasi🏆 🥈 - Qarshi VTXKB jamoasi 🥉 - Yig'uv jamoasi g‘olib deb topilib, ular korxona kasaba uyushma raisi tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Turnir nafaqat sport bayramiga, balki jamoaviy birdamlik va do‘stona muhitni mustahkamlovchi muhim tadbirlardan biriga aylandi.