Qarshi vagon deposiga tashrif

2025-yilning 29-yanvar kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti boshligʻi birinchi o'rinbosari A.S.Safarbekov va Qarshi MTU rahbariyati birgalikda Qarshi vagon deposiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida korxonada amalga oshirilayotgan ishlar, vagonlarning holati, ta'mirlash jarayonlari va ta'mir bo'linmalarida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, samaradorlikni oshirish maqsadida tegishli takliflar taqdim etilib, zarur ko‘rsatmalar berildi va chora-tadbirlar rejasi belgilandi.