Konstitutsiya 32 yoshda
Joriy yilning 6-dekabr kuni "Vagon xo'jaligi boshqarmasi" Qarshi vagon deposida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 32 yil to‘lishi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Qashqadaryo viloyat transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi boshlig‘i mayyor Q. Amirov va jinoyat qidiruv bo‘limi boshlig‘i mayyor O. Abdijalilovlar hamda korxona ishchi-xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida Konstitutsiyaning fuqarolarimiz hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati, yangilangan Bosh Qomusimiz loyihasini ishlab chiqish jarayonlari, bu jarayonda ishtirok etgan xalqimizning faolligi, ular tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, taklif va tashabbuslar, unga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, tadbir qatnashchilariga yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi o‘quv qo‘llanmasi tarqatildi.