"O'zbekiston temir yo'llari" AJ shaxmat kubogi" musoboqasining saralash bosqichi
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisining birinchi o'rinbosari X.N.Raxmetovning 2025-yil 14-avgustdagi 508-NZ-sonli “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ SHAXMAT KUBOGI musobaqasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga muvofiq Qarshi vagon deposida sportning shaxmat turi boʻyicha saralash bosqichi oʻtkazildi.
Musobaqa yakunlariga koʻra: 1-oʻrin Axmedov Zarif Abdinazarovich (Yig'uv bo'linmasi qo‘lda payvandlash elektrpayvandchisi) — yakuniy bosqichda qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi. 2-oʻrin Oʻrinov Farxod Nasriddinovich (Sanitariya maishiy xizmat bo'linmasi ish bajaruvchisi) 3-oʻrin Egamberdiev Feruz Ko'chimovich (Yig'uv bo'linmasi qo‘lda payvandlash elektrpayvandchisi) Ishtirokchilar oʻz bilim va mahoratlarini namoyon etib, musobaqaga munosib hissa qoʻshdilar.



