Qarshi vagon deposiga tashrif
2024-yilning 13-noyabr kuni Vagon xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i Q.Q.Narzulloyev, Transformatsiya ofisi rahbari U.S.Dosmetov, Vagon xo'jaligi boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari R.Sh.Samatov va Transformatsiya ofisining bo'lim boshlig'i X.Sh.Xalmuxamedovalar "O'zbekiston temir yo'llari" AJ boshqaruv raisi o'rinbosari J.Z.Yusupovning 2024-yil 12-noyabr kunidagi 435-НЗ sonli "Jamiyatda transformatsiya jarayonini jadallashtirish yuzasidan jalb etilgan xalqaro konsultant “PricewaterhouseCoopers Asia and Caucasus B.V.” (PWC) mutaxassislari bilan vagon depolar ish tizimini o'rganish" to'g'risidagi buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Qarshi vagon deposiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida korxonaning ish faoliyati, korxonada amalga oshirilayotgan ishlar shuningdek sohani raqamlashtirish maqsadida yaratilgan bir nechta yangi loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.