Qarshi VTXKB ga quyosh panellari o'rnatildi

"O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyati topshiriqlari ijrosi hamda elektr energiyasini tejamkorlik bilan ishlatish va ekologik toza energiya manbalaridan foydalanishni ta'minlash maqsadida Qarshi vagon deposiga qarashli "Qarshi vagonlarga texnik xizmat ko'rsatish" bo'limida quyosh energiyasidan quvvat oluvchi panellar o‘rnatilib, foydalanishga topshirildi! Bu loyiha: 🔹Elektr energiyasini tejash; 🔹Ekologik toza energiya manbalaridan foydalanish; 🔹Zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish kabi maqsadlarni amalga oshiradi. Quyosh energiyasi - bu quyosh radiatsiyasida mavjud bo'lgan energiya. Qayta tiklanadigan energiyaning bu turi quyoshdagi yadro sintezi reaktsiyalari natijasida hosil bo'ladi.