Qashqadaryoda "Biz — donormiz!" qon topshirish aksiyasi o‘tkazildi.
Saraton kasalligiga chalingan, baxtsiz hodisalarda jarohatlangan yoki murakkab operatsiyalarga muhtoj bemorlarga holis yordam berish maqsadida Viloyat qon quyish markazida “Biz donormiz” qon topshirish aksiyasi boʻlib oʻtdi. Aksiyada “Qarshi mintaqaviy temir yoʻl uzeli” filiali tasarrufidagi korxona va tashkilotlardan koʻngilli yoshlar ishtirok etdilar. Qon topshirish nafaqat boshqalarga yordam, balki o‘z salomatligingizga ham foyda. Misol uchun, qon topshirish qon-tomir kasalliklarini rivojlanish xavfini kamaytiradi, tanada yangi eritrotsitlar ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi va jismoniy holatni barqarorlashtiradi. Bundan tashqari, qon topshirish jaryonida donorlar sog‘ligi tekshirilib, umumiy salomatlik holatingiz haqida ma’lumot olishingiz mumkin. Umuman olganda, ushbu savobli ish insonning emotsional holatiga ham ijobiy ta’sir qiladi va ijtimoiy faollikni yanada oshiradi.