Stol Tennisi Musobaqasi
Yurtimiz Mustaqilligining 34-yilligi munosabati bilan Qarshi vagon deposida xodimlar o‘rtasida bayramona kayfiyatni ulashish, jamoaga ko‘tarinki ruh bag‘ishlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida qiziqarli stol tennis musobaqasi tashkil etildi.
Mazkur sport bellashuvi davomida xodimlar o‘zlarining chaqqonligi, diqqat va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini namoyon etib, o‘zaro do‘stona raqobat muhitida bellashdilar. Musobaqa yakunida eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilar quyidagicha g‘olib va sovrindorlikka erishdilar: 1-o‘rin – Zikirov Shahzodbek Ulug‘bek o‘g‘li 2-o‘rin – Shomurodov Behruz Zurob o‘g‘li 3-o‘rin – Karamatov Zuxriddin Sherali o‘g‘li Musobaqa g‘oliblari Qarshi vagon deposi rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi tomonidan munosib tarzda taqdirlandilar.



