Tadbir
2025-yil 14-yanvar kuni Qarshi vagon deposida Qarshi transport prokurori adliya maslahatchisi A.Q. G‘aniyev va "Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli" filiali boshlig‘i M.X. Mirzayev hamda korxona ishchi-xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida korxonada vagonlarni ta’mirlash sifatini oshirish, poyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini takomillashtirish va harakat xavfsizligini ta’minlash borasida muhim chora-tadbirlar belgilandi. Transport prokurori tizimda xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarni oldini olish yo‘llarini ta’kidlab o‘tdi. Yig‘ilish yakunida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida joylarda ishlarni samarali tashkil etish chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.