Temiryo'lchilar kuni
Joriy yilning 2-avgust kuni Qarshi vagon deposida "Temiryoʻlchilar" kasb bayrami kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda korxona rahbari A.E.Joʻrayev temir yoʻl taraqqiyoti yoʻlida oʻz bilim, malaka va kuch gʻayratini safarbar etib sidqidildan ishlab kelayotgan barcha ishchi-xodimlarga olib borayotgan faoliyatiga zafarlar tilab bayram bilan tabriklab oʻtdi. Tadbir soʻngida rahbariyat hamda kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan shu sohada koʻp yillar davomida faoliyat olib borayotgan bir qancha fidoiy xodimlar esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.