Uzbekistan GTL korxonasi va Kengsoy stansiyasiga tashrif

Joriy yilning 8 - avgust kuni “Qarshi mintaqaviy temir yo'l uzeli” filiali boshlig'i M.X.Mirzayev hamda Vagon xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i Q.Q.Narzulloyev birgalikda Uzbekistan GTL korxonasi va Kengsoy stansiyasiga tashrif buyurdilar. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruv raisining 1255-N buyrugʻi ijrosini taʼminlash va tadbirkorlar bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va temir yoʻl transportidan foydalanishda qulayliklar yaratish maqsadida, Uzbekistan GTL yirik yuk ortuvchi hamkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Shuningdek, Qarshi vagon deposi Kengsoy vagonlariga texnik xizmat ko'rsatish bo'linmasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ishchi-xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar o'rganildi.