“Zakovat” intellektual o‘yini – bilim va zukkolik bellashuvi!

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali hamda Kasaba uyushma hududiy qo‘mitasi qo‘shma qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan xodimlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Musobaqada jami 10 ta jamoa o‘zaro bilim va tafakkur sinovida bellashdi. Natijalarga ko‘ra: 1-o‘rin – Qarshi temir yo‘l shifoxonasi jamoasi 2-o‘rin – “Qarshi elektr ta’minoti masofasi” filiali jamoasi 3-o‘rin – Qarshi vagon deposi jamoasi G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. Musobaqa g‘olibi bo‘lgan jamoa hamda MTU terma jamoasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ miqyosida o‘tkaziladigan yakuniy bosqichda ishtirok etadi. Ushbu bellashuv nafaqat xodimlarning bilimini sinash, balki jamoaviy hamjihatlikni kuchaytirish, erkin fikrlash va intellektual salohiyatni oshirishga xizmat qildi.